dena — bu Germaniyaning energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va aqlli energiya tizimlari bo‘yicha ekspertlik markazi. “Amaliy energetik o‘zgarish agentligi” sifatida dena Germaniyaning energiya va iqlim siyosati maqsadlariga erishishga hissa qo‘shadi. dena yechimlar ishlab chiqadi va ularni milliy hamda xalqaro darajada amaliyotga joriy etadi. Kompaniya qurilish, energetika va transport sohalaridagi energiya iste’moli, shuningdek, energiya ishlab chiqarish, saqlash, tarmoq yaratish va raqamlashtirish masalalariga e’tibor qaratadi. dena pilot loyihalarni amalga oshiradi, siyosatchilar, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga maslahat beradi, ko‘paytiruvchilarni tayyorlaydi, iste’molchilarni xabardor qiladi, tarmoqlar yaratadi, xalqaro tajriba almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi va kelajak ssenariylarini ishlab chiqadi. Buning uchun dena asosan bozor mexanizmlari va innovatsion biznes modellariga tayangan holda energiya tizimiga yagona butunlikda qaraydi, chunki bugungi kunda energiya dunyosining turli qismlarini o‘zaro bog‘lash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. dena’ning aksiyadorlari Germaniya Federativ Respublikasi va KfW guruhi hisoblanadi.