Yangiliklar

ICCI 2026: George Kekelidze “yangi avlod devlopmenti” bo‘yicha panel sessiyasini moderatsiya qildi

Toshkent, 2026-yil 10–11-fevral — EUROSOLAR Georgia va EUROSOLAR Uzbekistan ijrochi direktori, shuningdek Innovation Energy LLC direktori George Kekelidze ICCI 2026 doirasidagi “Yangi avlod devlopmenti: urbanizatsiya va o‘sish drayveri. Zamonaviy shahar muhitini yaratish yondashuvlari” mavzusidagi panel sessiyasini moderatsiya qildi.

Muhokamada mixed-use konsepsiyalari, shahar o‘sishida riteylning o‘rni hamda zamonaviy talablar bilan uyg‘un holda shahar muhitining sifatini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi.

Sessiya shaharsozlik, arxitektura, qurilish yechimlari va devlopment vakillarini birlashtirib, O‘zbekiston bozorining jadal rivojlanayotgan sharoitida tajriba almashish va professional aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.

Toifalar

So‘nggi yangiliklar